1

Dunyodagi mavjud tillarning faqat 5% internetda mavjud

Hi-tech 07.12.2013, 11:19
Dunyodagi mavjud tillarning faqat 5% internetda mavjud
Bugungi kunda Er yuzasida mavjud bo`lgan tillarning bor-yo`g`i 5% internetda foydalaniladi.

Bu haqda Britaniyaning Bi-bi-si radiostansiyasi xabar beradi.
"Sayyoradagi odamlar gaplashadigan 7776 ta tildan faqat 388 tasi tarmoqda mavjud.
Texnologiyalar rivojlanishi bilan tillarning nobud bo`lish jarayoni tezlashdi”, - deydi
Bi-bi-si yangi tadqiqot rahbari Andreas Kornayning so`zlaridan iqtibos keltirgan holda.

"Men internetni planetamizga tushib, dinozavrlarni yo`q qilgan kometaga o`xshatgan bo`lardim. Hozir ham yangi virtual voqelikka o`ta olmagan tillar bilan xuddi shunga o`xshash hodisa ro`y beryapti”, - deya ta`kidlaydi u. 


Joriy yilning aprel oyi holati bo`yicha ingliz tiliga jahon tarmog`idagi jami matnli ma`lumotlarning 54,9% to`g`ri kelgan. Bu borada ikkinchi o`rinni rus tili egalladi -
6,1%. Uchinchi o`rin nemis tilida - 5,3%. Ulardan keyin ispan - 4,8%, xitoy - 4,4%, fransuz - 4,3%, yapon - 4,2%, arab - 3%, portugal - 2,3%, polyak - 1,8%, italyan - 1,5%, turk - 1,4%, golland - 1,1%, fors - 1% tillari kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1