Joriy yilning 12 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Telekommunikasiya texnologiyalari va Turizm kasb-hunar kollejlarida “Voyaga etmagan va yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishda ta`lim muassasasi hamda oila institutining hamkorligi” mavzusida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.
Unda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Yunusobod tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo`limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so`zga chiqqanlar voyaga etmagan hamda yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda ota-onaning mas`uliyatini yanada oshirish, oilada tarbiyaviy muhitni yaxshilash borasida o`z fikrlarini aytib o`tishdi. Shuningdek, voyaga etmaganlar va yoshlarni ogohlikka chaqirish uchun sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlaridan ayrim misollar ham keltirib o`tildi.





