AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “BELIMDA TUZ YIG`ILGAN...”

'Shifo maslahat: “BELIMDA TUZ YIG`ILGAN...”'ning rasmi

— Ertalablari belimni ko`tarolmay qolayapman. Ayniqsa, uyqudan uyg`ongach, ancha vaqtgacha belimni paypaslab o`tiraman. Ozroq yurganimdan keyingina og`riq o`tib ketadi. Ilgari sira bunday bo`lmasdi. Bu belda tuz yig`ilishining alomati emasmikan, deb o`ylab qoldim.

Tursunboy Abdurahimov, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, shifokor-terapevt:

— Haqiqatan ham bu umurtqa pog`onasining bel sohasidagi osteoxondrozi bo`lishi mumkin. Soddaroq aytganda belda tuz yig`ilishi. Bezovtalikning yuzaga kelish sabablari kamharakatlilik, uzoq vaqt o`tirib ishlash va nasliy moyillik tufayli ham kelib chiqadi. Muammoni bartaraf etish uchun terapevt shifokor ko`rigidan o`ting. Davolash gimnastikasi, massaj yordamida xastalikning dastlabki muolajasini bajarish mumkin. Dori preparatlari bemorning keyingi ahvoliga ko`ra buyuriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar