Borovskiy kolleji o`quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o`limi yuzasidan ko`rib chiqilayotgan sud majlisiga qo`shimcha guvoh sifatida hunarmand usta Mira`lo Temirov ishtirok etdi.
Mira`lo Temirov ko`rsatmasidan:
“3 may kuni 145-maktabning orqasidagi Milliy xavfsizlik binosini oldida devorning tashqi tomonini ta`mirlash ishlari bilan shug`ullanayotgan edim. Obeddan keyingi vaqt edi. Oldimdan 5-6 ta bola o`tdi. Ular maykalarini echishdi, va urushishni boshlashdi. Meni “xay-xay”lashimga e`tibor ham qilishmadi. Mening qo`limdagi suyuqlik qotib qolmasligi uchun devorga ishlov berishni boshladim. Ikki bola baravar urushib ketishdi. Keyin Jasur qo`lini ko`tarib, bo`ldi dedi. Bolalar suv olib kelib, uni o`ziga keltirishdi-da yuz qo`llarini yuvib, nariroqqa borib, kalla urushtirib ketishdi. Men orada 3-4 daqiqa janjalni ko`rmadim, faqat boshini va ohirini ko`rdim. Urush tugagach, bolalar ketayotganida qo`l berib hayrlashishdi.”
Sudya guvohdan urushga boshqa bolalar aralashmadimi degan savoliga:
“Ikkisi urushdi boshqalari qarab turishdi”, degan javobni aytdi.
Mira`lo Temirov ko`rsatmasidan:
“Men jiddiy urush bo`ladi, hammasi shu darajaga etadi deb o`ylamagandim.”






