1

Futbol ishqibozi ko`zini jamoa emblemasi bilan bezadi

Dunyo 07.12.2013, 14:20
Futbol ishqibozi ko`zini jamoa emblemasi bilan bezadi
Angliyaning “Nyukasl Yunayted” klubi muxlisi o`ng ko`ziga sevimli jamoasining emblemasini qo`ydi.

Bu tashqaridan juda qo`rqinchliko`rinsa-da, muxlis undan juda mamnun. 35 yoshli futbol ishqibozi Endryu Kanavanning chap ko`zi odatiy, ammo o`ng ko`zi bunday narsani
ko`rmagan kishilarni qo`rqitadi. Uzoqdan u ko`zi shikastlangan odamga o`xshaydi, yaqindan qaraganda esa ko`z soqqasida mashhur futbol klubining emblemasini ko`rish mumkin. Kanavanning so`zlariga ko`ra, u o`z sevimli jamoasiga sadoqatni namoyish eta olganidan juda baxtiyor.



"Nyukasl" emblemasidan bunday tarzda foydalanish uchun Endryuklub rahbariyatidan ruxsat so`ragan va uni olgan. Futbol ishqibozi sevimli jamoasiga muhabbatini izhor etish uchun ko`zini shikastlashgacha borgani yo`q, shunchaki ko`z protezini modifikasiyaladi, xolos.  Aytish joizki,
bundan 20 yil oldin Endryuda ko`zning to`r pardasi uzilishi yuz berib, bu ko`zdan qon chiqishini keltirib chiqargan. Shu tariqa, uning ko`zi permanent tarzda qizargan. Endryu shifokorlardan ishlamayotgan ko`rish organini olib tashlashlarini so`raydi. Shifokorlar unga tabiiy ko`rinadigan ko`z protezini qo`yadi. Futbol ishqibozi aynan shu protezni sevimli jamoasining emblemasi bilan bezagan.     

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1