1

Shifo maslahat: “SINGLIMGA MASLAHAT KERAK...”

Salomatlik 13.10.2017, 17:20
Shifo maslahat: “SINGLIMGA MASLAHAT KERAK...”

— Ikki yildan beri singlimning bo`yida bo`lmayapti. Shifokor ko`rigidan o`tganida jiddiy muammo yo`q, deyishdi. Shunday bo`lsa-da, nega homilador bo`lolmayoganini tushunmayapmiz. Buning sababi nima bo`lishi mumkin?

Nigora Sattorova, Andijon viloyati

Nilufar BO`STONOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog:

— Homiladorlikning yuzaga kelmasligi bir necha omillar bilan tasniflanadi. Bular, bachadon va uning ortiqlari, tuxumdon va naylarining yallig`lanish kasalliklari, ichki sekresiya bezlari (tuxumdon, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi) faoliyatining buzilishi hamda balog`atga etish davrida infeksion kasalliklar bilan og`rish natijasida markaziy nerv tizimida yuzaga keluvchi o`zgarishlar sabab bo`lishi mumkin. Shuningdek, bachadon va bachadon naylaridagi o`tkazuvchanlikning berkligi, bachadon bo`yni ishlab chiqaruvchi shilimshiq moddaning buzilishi, immunologik ta`sir, endometrioz, ayolning yoshi, tana vazni (haddan ortiq semizlik yoki haddan tashqari ozg`inlik) kabilarning ham ta`siri bor. Agar singlingizda ushbu holatlarning birortasi aniqlangan bo`lsa, albatta davolanishi kerak. Bordi-yu jiddiy muammo bo`lmasa, vaqti-soati bilan homiladorlik yuz beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1