1

Shifo maslahat: “O`G`LIM TIShLARINI G`IChIRLATADI...”

Salomatlik 13.10.2017, 17:29
Shifo maslahat: “O`G`LIM TIShLARINI G`IChIRLATADI...”

— Agar bola tishlarini g`ichirlatsa, gijjasi borligini bildiradi, deyishadi. Haqiqatan ham shundaymi? Gijja bor-yo`qligini bilish uchun qaerga murojaat qilishim kerak?

Mahliyo Omonova, Toshkent shahri

Baxtiyor ShUKUROV, dosent:

— Farzandingizdagi o`zgarishlar chindan ham gijjalar ta`sirida yuzaga kelgan bo`lishi mumkin. Gelmintlar bola organizmida asosan uchta tizimni zararlantiradi: asab, nafasyo`llari va ovqat hazm qilish a`zolari. Tishlarni g`ichirlatish asab tizimiga parazitlar ta`siri sifatida qaralishi shu bilan birga asab tizimi bilan bog`liq boshqa kasalliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin. O`g`lingizda gijja bor-yo`qligini aniqlash uchun doimiy yashash manzilingiz bo`yicha oilaviy poliklinikaga, qolaversa, maxsus laboratoriya-klinikalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar gijja ichakda bo`lsa, ich qotishi yoki ich ketishi kuzatilib, ba`zan ko`ngil aynishi va qayt qilish yuz beradi. Teriga turli toshmalar toshishi kuzatiladi. Jigarda bo`lsa, ko`z oqi va badan sarg`ayadi, terida shish paydo bo`lishi mumkin. U o`pkada bo`lsa, tez-tez yo`tal tutadi, tomoq qichishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1