1

Shifo maslahat: “TOMOQDAGI ShISh BUQOQMI?”

Salomatlik 14.10.2017, 09:30
Shifo maslahat: “TOMOQDAGI ShISh BUQOQMI?”

— Qo`l barmoqlari bilan tomoq sohasini paypaslaganda bo`rtib chiqqan shishning sezilishi buqoq borligidan darak beradi, deyishadi. Shu gap rostmi?

Komila Rahimova, Andijon viloyati

Ni Natalya VLADIMIROVNA, oliy toifali shifokor-endokrinolog:

— Tomoq sohasidagi siz aytayotgan shish buqoq emas, balki tomoq kemirchagi, ya`ni suyagidir. Uning o`lchami hammada har xil bo`ladi. Ko`pincha kemirchakning bo`rtib chiqqanligini buqoq bilan adashtirishadi. Ba`zida esa tomoq sohasidagi teri yog` qavati qalinlashib, tashqariga chiqib qoladi. Ammo u ham buqoq bilan bog`liq o`zgarish emas. Buqoqning kattalashishini o`zingiz qo`l bilan paypaslab tekshirganingizdan ko`ra, yaxshisi, mutaxassisga murojaat qilganingiz ma`qul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1