1

Neandertalliklar ko`p xonali uylarda yashagan

Dunyo 07.12.2013, 15:28
Neandertalliklar ko`p xonali uylarda yashagan
Kanadalik antropologlarning aniqlashicha, neandertal odamlar o`z uylarini xuddi hozirgiday tashkillashtirgan ekan.

Olimlar qadimiy ajdodlarimiz yashagan Italiyaning shimoli-g`arbidagig`orlarni tekshirganidan keyin ana shunday xulosaga keldi.

Ma`lum bo`lishicha, neandertalliklar o`zlarining ov va mehnat qurollarini hamda hayvon terilarini g`orlarning turli qismlarida saqlagan, deya xabar beradi “Nature World News”. Bu
140 000 yil oldin qadimgi odamlar o`zining yashaydigan joyini hozirgi uylardagi kabi zonalarga ajratganligidan dalolat beradi.

Antropologlar yashash joyning ustki qismida oshxonaga o`xshash joy bo`lganini aniqladi, buni u erdan topilgan hayvonlarning qoldiqlari ham isbotlaydi. Boshqa bir zona o`choqqa ajratilgan, uning atrofida oila to`plangan va yotoqxona bo`lgan. Uchinchi zonada esa turli tosh asboblar tayyorlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1