AsosiySUG'DIYONA
19686

BOLALAR TAOMNOMASIGA KIRITILADIGAN MAHSULOTLAR

'BOLALAR TAOMNOMASIGA KIRITILADIGAN MAHSULOTLAR'ning rasmi

Sut-qatiq

1 dan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun sut-qatiq mahsulotlari kundalik taomnomada bo`lishi shart. Mazkur mahsulotlar bola organizmini kalsiy va foydali elementlar bilan ozuqlantiradi. Yogurt, yog`siz smetanalarni esa kunora oz-ozdan berish kerak.

  • Go`sht

Bolaga 9 oyligidan boshlab bug`da tayyorlangan go`shtli taomlar beriladi. 1 yoshdan esa bu ozuqa miqdorini biroz oshirish mumkin. Qaynatilgan yoki bug`da tayyorlangan yog`siz go`sht bola salomatligi uchun foydali. Biroq qattiq qovurilgan, yog`li go`shtlar 3 yoshgacha tavsiya etilmaydi.

  • Baliq

Taomnomada go`shtli mahsulotlar bo`lmagan taqdirda baliqdan tayyorlangan eguliklarni berish mumkin. Agar tanovul vaqtida ikkala go`shtdan ham bo`lsa, bola oshqozoni oqsilning katta bosimini yaxshi hazm qila olmaydi. Haftasiga 1-2 marotaba 100 gramm yog`siz baliq go`shti 1 yoshli bolalar uchun me`yor sanaladi.

  • Sabzavot va mevalar

1,5 yoshgacha bo`lgan bola har kuni 250 gr. sabzavot va 100 gr. meva iste`mol qilishi kerak. Xohlang, sabzavotlarni ezg`ilangan bo`tqa ko`rinishida, mevalarni esa qirg`ichdan chiqarib bo`tqa qilib bering. Kundalik taomnomada meva va sabzavotlar bo`lishi bolaning immun tizimini mustahkamlaydi.

  • Bo`tqalar

Nonushtaga donli mahsulotlardan bo`tqa tayyorlashga erinmang. Ayniqsa, grechixa va suli yormasidan tayyorlangan bo`tqalar juda foydali. Bo`tqalarni kunning boshida bergan ma`qul. Shunda ular yaxshi hazm bo`ladi.

  • Tuxum

1 yoshli bolalarga qaynatilgan tuxumdan berish mumkin (bir kunda 1 dona). Biroq bolaning allergik toshmalarga moyilligi bo`lsa, tuxum 3-4 kunda bittagina berish etarli.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar