AsosiyJamiyat

ShAVKAT MIRZIYoEV XIVADAGI NURILLABOY SAROYIGA TAShRIF BUYuRDI

'ShAVKAT MIRZIYoEV XIVADAGI NURILLABOY SAROYIGA TAShRIF BUYuRDI'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xiva shahridagi Nurillaboy saroy majmuasini ko`zdan kechirdi.

Ma`lumotlariga ko`ra, mazkur saroy hududi shu erda yashab o`tgan Nurillaboy ismli savdogarga tegishli bo`lgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini o`tagan, deb xabar beradi O`zbekiston Prezidenti rasmiy veb-sayti.

Davlatimiz rahbari joriy yil yanvar oyida viloyatga qilgan tashrifi chog`ida mutasaddilariga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilish bo`yicha topshiriqlar bergan edi. Prezidentimiz tavsiyasiga ko`ra ishlab chiqilgan loyihaga binoan bu erda mehmonxona, restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar ko`rgazmasi tashkil qilingan.

Shuningdek, ko`rgazmalarda Xorazmning XIX-XX asrlardagi tarixiy fotosuratlari, birinchi o`zbek kinooperatori va fotosuratchisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyish etilmoqda. «Xorazm an`anaviy hunarmandchiligi: tarix va zamonaviylik», «O`zbekiston zavonaviy san`ati: ohanglar, timsollar, talqinlar» mavzuidagi ko`rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg`otmoqda.

Prezidentimiz Xiva shahri me`morchilik obidalari, jumladan, mazkur majmuaning boy tarixi haqida sayyohlar va xorijlik mehmonlarga zamonaviy uslublarga tayangan holda so`zlab berish, bu bilan ularning mamlakatimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish zarurligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar