AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV “PAHLAVON MAHMUD” MAQBARASINI ZIYoRAT QILDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV “PAHLAVON MAHMUD” MAQBARASINI ZIYoRAT QILDI'ning rasmi

Xiva shahridagi «Ichan-qal`a» muzey qo`riqxonasi hududidagi «Pahlavon Mahmud» majmuasida ta`mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda, deb yozadi O`zA.


Prezidentimiz mazkur majmuada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo`ldi. Qur`on tilovat qilindi.

Ilgari bu joylar tashlandiq maskanga aylanib qolgan edi. Bu erlar insonga ruhiy quvvat beradi. Buni kelayotgan ziyoratchilarning ko`pligidan ham bilsa bo`ladi, dedi Prezidentimiz.

Mazkur majmuaga kuniga o`rtacha 400 ga yaqin ziyoratchi keladi. Ta`mirlash va qurilish ishlarini joriy yil oxirida yakuniga etkazish ko`zda tutilgan.

Ta`mirlashda barcha jihatlar e`tiborga olingan. Havo haroratining mo``tadilligini ta`minlovchi zamonaviy tizimlar o`rnatilgan.

Prezidentimiz bu erda ziyoratchilar uchun qo`shimcha qo`layliklar yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari Sherg`ozixon madrasasini ko`zdan kechirdi. Bu maskanda ta`lim olgan allomalar sharafiga tashkil qilingan muzey faoliyati bilan tanishdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar