1

Madad-shifo: “XORIORETINIT NIMA DEGANI?”

Salomatlik 14.10.2017, 18:31
Madad-shifo: “XORIORETINIT NIMA DEGANI?”

— O`g`lim 12 yosh. Bir necha yillardan buyon dzyudo bilan shug`ullanadi. Yaqinda navbatdagi musobaqa oldidan tibbiy ko`rikdan o`tayotib, oftalmolog xorioretinit tashxisini qo`ydi. Bu qanday kasallik? Endi sport mashqlarini davom ettira olmaydimi?

Gulbahor Jalilova, Toshkent viloyati

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

— Sportchilar uchun yurak va ko`zlar salomatligi muhim sanaladi.Xorioretinit ko`z tubidagi o`zgarish bo`lib, organizmdagi surunkali yallig`lanish jarayoni yuzaga kelganida mikroblar qon orqali ko`zgacha etib kelib, ushbu a`zoni zararlaydi. Tomoq, burun va nafas yo`llari kasalliklarining tez-tez qaytalanishi infeksiyaning ko`zga asorat berishiga sabab bo`ladi. Xorioretinitda ko`rish o`tkirligi pasayadi. Shifokor ko`rigidan so`ng to`g`ri tashxis qo`yilib, antibiotik va gormonal preparatlar buyuriladi. Xastalikni o`z vaqtida davolash g`oyat muhimdir. Agar buning aksi bo`lsa, ko`z to`r pardasida chandiq yoki to`r pardaning ko`chishi kabi asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Afsuski, xorioretinit bilan og`rigan sportchiga jismoniy mashqlarni bajarish, xususan dzyudo bilan shug`ullanish taqiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1