AsosiyJamiyat

​XIVAGA POEZD BORADI

'​XIVAGA POEZD BORADI'ning rasmi

Bugungi kunda Urganch va Xiva o`rtasida 33 kilometr temir yo`l yotqizish, Xiva shahrida zamonaviy vokzal va zarur infratuzilma ob`ektlari barpo etish jadal davom etmoqda. Bu boradagi manzilli dastur asosida transport, mehmonxona, pochta, bank, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz Xiva shahriga tashrifi chog`ida vokzalda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar bilan tanishdi, deb xabar beradi O`zA.

Xorazmning turizm sohasidagi imkoniyatlarini to`liq ishga solish, sayyohlar uchun barcha sharoitni yaratish, mehmonxonalar va ko`ngilochar maskanlarni qurishga sohaning tajribali vakillarini jalb etish zarurligini ta`kidladi. Ichan-qal`a atrofini obodonlashtirish, istirohat bog`i barpo etish bo`yicha mutasaddilarga tegishli ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar