1

Madad-shifo: “QO`L TERLAShI VA MUZLAB QOLIShINING ALOMATI?”

Salomatlik 16.10.2017, 17:16
Madad-shifo: “QO`L TERLAShI VA MUZLAB QOLIShINING ALOMATI?”

— Vaqti-vaqti bilan qo`l kaftimning terlashi va o`z-o`zidan muzlab qolayotganini sezayapman. Bu yurak bilan bog`liq emasmi, deya xavotirdaman.

A.To`raev, Namangan shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Fe`l-atvoriga ko`ra ta`sirchan insonlarda vegetativ nerv tizimi zaif bo`ladi. Bunday kishilar biror nimadan qattiq asabiylashsa, qo`rqsa yoxud vahimaga tushsa, qo`l kaftining terlashi yoki muzlashi yuz beradi. Qo`l kaftidagi mazkur o`zgarish nerv tizimidan tashqari endokrin tizim faoliyatiga ham bog`liq bo`lishi mumkin. Sizga maslahatim, terapevt, endokrinolog shifokorlar ko`rigidan o`tib, davolaning. Sizdagi bezovtalik yurakka bog`liq emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1