1

Madad-shifo: “JAROHAT OLGANDIM...”

Salomatlik 16.10.2017, 20:16
Madad-shifo: “JAROHAT OLGANDIM...”

— 2013 yil boshimdan temirga o`xshash metall bilan jarohat olganman. Zarb o`rnida g`urra hosil bo`lgan. Shundan keyin uch oy o`rnimdan qimirlamay yotdim. Miyam chayqalgan chog`i, hozirgacha ko`nglim ayniydi, sal narsaga asabiylashaman, ko`z oldim xiralashib ketadi. Shifokorga uchrasam, asabdan, deyapti. Lekin men bu javobga qoniqmadim.

Javohir Toshev, Buxoro shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Ehtimol, sizda yopiq bosh miya jarohati sodir bo`lgandir. Uch oy o`rningizdan qo`zg`almay yotganingiz bosh miya chayqalishidan darak berayapti. Agar o`sha vaqtda shifokorga murojaat qilib, o`z vaqtida va to`g`ri davolanganingizda bugungidek bezovtaliklar bo`lmasdi. Endilikda terapevt va nevrolog ko`rigidan o`tib, bosh miyani magnit rezonans tomografiya tekshiruvini o`tkazish lozim. Tahlil xulosasi bosh miyada qanday o`zgarishlar borligini ko`rsatsa, ularni bartaraf etishga doir muolaja buyuriladi. Bordi-yu bezovtaliklarga e`tiborsizlik bilan qarasangiz, keyingi asoratlari yanada jiddiylashishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1