Xavfsizlik yostiqchasidagi muammo sabab butun dunyodan milliondan ortiq Mercedes-Benz avtomobili qaytarib olinadi. Bu haqda dushanba kuni Reuters agentligi ma`lum qildi.
Sky News telekanali oldinroq Buyuk Britaniyadan 400 ming Mercedes-Benz avtomobili qaytarib olinganini ma`lum qilgandi. Reuters ma`lumotlariga ko`ra, yana 495 mingta avtomobil AQShdani qaytarib olingan, 76 mingtasi Kanadadan va bir necha yuz ming avtomobil Germaniyadan.
Buning sababi nosozlik bo`lib, uning oqibatida avtomobildagi xavfsizlik yostiqchalari behosdan ochilib ketavergan. Reuters nashrining yozishicha, nosozlik sabab haydovchilarning ayrimlari engil tan jarohatlari olishgan.
O`lim holatlari qayd etilmagan.