Unda avialayner o`zmanyovrlarini yakunlashiga sanoqli metrlar qolganida, kuchli shamol samolyotni yana havoga ko`tarilishga majbur qilganini ko`rish mumkin. Evropa mamlakatlarining ko`pchiligi dovul paytida aviareyslarni bekor qilgan.
“Euronews” tarqatgan xabarga ko`ra, ayni damda tabiiy ofat oqibatida halok bo`lganlar soni
10 kishini tashkil etmoqda. Ularning ikkitasi Buyuk Britaniyada halok bo`lgan, yana besh kishi Polsha janubida o`lim topgan.
Dovul oqibatida minglab odamlar elektr energiyasiz qolmoqda – Boltiq dengizi sohilida kuchli shamol elektr simlarini uzib tashlab, 400 ming kishini chiroqsiz qoldirgan.
Shuningdek, Germaniyada yuqori tezlikdagi poezdlar harakati to`xtatilgan, yo`lovchilarni
avtobuslar tashiyapti. Hozir mamlakatda 4 ming kishi chiroqsiz o`tiribdi, tabiiy ofat tufayli maktablardagi darslar bekor qilingan.