1

Tabobat: BUYRAK OG`RIG`IGA TARVUZ VA BODRING

Salomatlik 17.10.2017, 16:20
Tabobat: BUYRAK OG`RIG`IGA TARVUZ VA BODRING

— Mening anchadan buyon buyragim og`riydi. Shifokorga ko`rinib, muolaja olsam, yaxshi bo`lib qolaman. Birozdan so`ng og`riq yana boshlanadi. Xalq tabobatida buyrakni davolash mumkinmi?

Mohira, Toshkent shahri

— Ibn Sino tavsiyasiga ko`ra, sedana va asaldan tayyorlangan damlama buyrak va peshob yo`llaridagi toshni maydalaydigan doriga aylanadi. Damlama tayyorlash uchun yarim litrli choynakka bir choy qoshiqdagi qora yoki ko`k choy solib, ustiga 25-35 dona sedana tashlanadi, qaynoq suv quyilgach olovda 3-4 daqiqa dam ediriladi. So`ng shirinliklar bilan iste`mol qilinadi. Agar asal bilan ichilsa, shifobaxshligi yanada kuchayadi.

Buyrakdagi toshni tushirishda zaytun yog`ini ichish yoki undan ovqat tayyorlab eyish, makkajo`xori popugini qaynatib suvini suzib, kuniga uch mahaldan ichilsa, yordam beradi

Buyrakdagi toshlarni tushirish uchun 30 ml. kunjut yog`i uch mahal och qoringa ichiladi.
Sarimsoqni suvda yoki o`tda pishirib, turp urug`iga qo`shib egan kishida buyrak toshidan asar ham qolmaydi. Xom sarimsoq esa xasta buyrakka zarar etkazadi.

Buyragingiz og`risa, har kuni tarvuz va bodringni ko`p tanovul qiling. Ularda yuvish, tozalash xususiyati ham bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1