AsosiyJamiyat

RAMZAN QODIROV ISLOM KARIMOV QABRINI ZIYoRAT QILDI

'RAMZAN QODIROV ISLOM KARIMOV QABRINI ZIYoRAT QILDI'ning rasmi

Mehmon Samarqanddagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Buyuk Yurtboshimiz qabriga gul qo`yib, hurmat bajo keltirdi. Qur`on tilovat qilindi.

Checheniston rahbari Shohi Zinda yodgorlik majmui, Xo`ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi, deb yozadi O`zA.

Buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasi ziyorati Ramzan Qodirov uchun yurtimizga tashrifning muhim voqealaridan biri bo`ldi. Mehmonlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ayni paytda majmua yaqinida bunyod etilayotgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi loyihalari bilan tanishdi.

Shu kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshchiligidagi delegasiya a`zolari Buxoroda ham bo`ldi.

Xorijlik mehmonlarning safari Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi ziyoratidan boshlandi. Ulug` pir qabri yonida Qur`on tilovat qilindi.

Shuningdek, mehmonlar Buxoro shahridagi qariyb 500 yillik tarixga ega Mir Arab madrasasiga tashrif buyurdi. Bu erda 72 yildan buyon o`rta maxsus islom bilim yurti faoliyat ko`rsatmoqda.

Shuning bilan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar