Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligida yoshlar etakchilari uchun ilk marotaba innovasion seminar treninglar tashkil etildi.
16 oktyabr kuni Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 28 nafar yoshlar etakchilari uchun ilk seminarlar bo`lib o`tdi.
Loyihani O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Alisher Sa`dullaev ochib berdi. Shundan so`ng loyiha koordinatorlari o`quvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari Akobr Abdullaev, Sheroz Narzullaev va Gavhar Sagdullaeva kutilayotgan loyihalar, maqsad va rejalar haqida etakchilarga tqdimot o`tkazdilar.
Seminarlarni malakali, xalqaro toifadagi trenerlar olib bordilar. Kunning birinchi yarmida etakchilarda trenerlik va auditoriya bilan ishlash bilim-ko`nikmalarini trenerlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan maxsus seminar o`tkazildi. Seminarni O`zbekistondagi xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyiha va dasturlarida trener sifatida ishlash buyicha 17 yillik tajribaga ega. BMTning Aholishunoslik jamg`armasining xotin-qizlar masalalari bo`yicha loyihalar treneri, turli auditoriyalar bilan ishlash, zamonaviy ta`lim texnologiyalari buyicha katta mutaxassis Venera Ermetova olib bordi. Trening davomida turli interaktiv o`yinlar o`tkazildi va etakchilarda o`quvchi yoshlarni samarali boshqarishga oid amaliy tavsiyalar berildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa Nestle Uzbekistan kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar va korporativ savollar bo`yicha menedjeri. Iqtisodchi. FMCG (fast moving consumer good)- sohasida katta tajribaga ega. Kommunikasiyalar bo`yicha mutaxassis. Nigora Akilova muloqot va kommunikasiyalar bo`yicha maxsus seminar-trening o`tkazdi. Trening maxsus taqdimot dasturi, amaliy kommunikativ mashqlar va savol-javob qismlaridan iborat bo`lib, unda ishtirokchilar bir qancha ko`nikma va bilimlarga ega bo`ldilar.
Seminardan so`ng ishtirokchilar bilan Toshkent shahridagi madaniy-ko`ngilochar komplekslariga sayohat uyushtirildi.






