AsosiyJamiyat

​ABDULAZIZ KOMILOV ERON NEFT VAZIRI BILAN UChRAShDI

'​ABDULAZIZ KOMILOV ERON NEFT VAZIRI BILAN UChRAShDI'ning rasmi

2017 yil 17 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Tehronda Eron Islom Respublikasi Neft vaziri Bijan Zangane bilan uchrashdi.

Suhbat chog`ida tomonlar yoqilg`i-energetika yo`nalishida o`zaro hamkorlik orqali savdo-iqtisodiy sohada O`zbekiston-Eron hamkorligini kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Shu kuni delegasiya a`zosi, “O`zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov Eron Neft vazirligi va uning tuzilmalari rahbarlari bilan alohida muzokaralar o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar