Matbuot va axborot agentligi Bosh direktoriga birinchi o`rinbosar tayinlandi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning 17 oktyabrdagi qaroriga muvofiq mazkur lavozimga Sobir Sayfievich Shukurov tayinlandi. Bu haqda “Xalq so`zi” nashri xabar berdi.
Sobir Shukurov bunga qadar O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikasiyalarini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentida ishlagan.






