1

Madad-shifo: ShAKAR BILAN TOShNI TUShIRAMIZ!

Salomatlik 18.10.2017, 17:13
  Madad-shifo: ShAKAR BILAN TOShNI TUShIRAMIZ!

Buyrakda qum yoki tosh yig`ilishida piyoz va shakar aralashmasidan tayyorlanadigan usul tavsiya etiladi.

Demak, 2 kg piyozni po`stidan tozalab, mayda to`g`rang-da, 2 kg. mayda shakar bilan aralashtiring. Aralashmani o`rta olovga qo`yib, 2 soat davomida qaynating. Hosil bo`lgan suyuqlikni dokadan o`tkazing-da, shisha bankalarga solib chiqing.

Piyoz+shakarli qaynatmani bir kunda 3 mahal, 1 osh qoshiqdan ovqatdan oldin ichish lozim. Ta`mi og`izni bemaza qilmasligi uchun qaynagan suv (iliq holida) ichish mumkin.

Shisha bankaga solingan suyuqlik muzlatgichda saqlanadi.Muoalaja umumiy hisobda 3 hafta davom etadi.

5 kundan keyin peshob suyuqligida qum cho`kmalariga ko`zingiz tushishi mumkin. Aralashma qovuqda og`riqni keltirib chiqarishi mumkin. Bu buyrakdagi toshning joyidan siljiganini anglatadi.

Tavsiyalarni qo`llashdan avval davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1