1

​“NAFOSAT - BO`STONIM MANIM” X RESPUBLIKA KO`RIK–FESTIVALI ELLIKQAL`ADA BO`LADI

Madaniyat 19.10.2017, 10:30
​“NAFOSAT - BO`STONIM MANIM” X RESPUBLIKA KO`RIK–FESTIVALI ELLIKQAL`ADA BO`LADI

O`zbekiston, Qoraqalpog`iston, Turkmaniston va Tatariston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag`ishlab o`tkaziladigan an`anaviy “Nafosat - bo`stonim manim” X Respublika ko`rik – festivali 2017 yil 28 oktyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumani Bo`ston shaxrida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Otajon Xudoyshukurov (1944. 4.10 – 1994.22.12) 1963 yildan Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritib, repertuaridan mumtoz ashulalar, Xorazm doston noma (qo`shiq)lari, kompozitor va bastakorlar asarlari, shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq va qirgg`iz xalq qo`shiqlari o`rin olgan. Sozanda (torchi), o`zi aytadigan qo`shiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. Otajon Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, keng , barcha pardalarda ravon va jarangdor ovoz sohibi. 1999 yildan Otajon Xudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi o`tkazilmoqda. Ellikqal`a va To`rtko`ldagi ko`cha, xiyobon va bog`larga Otajon Xudoyshukurov nomi berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1