AsosiyJamiyat

​YaNGI NAMUNADAGI HAYDOVChILIK GUVOHNOMASI UChUN TO`LOV STAVKALARI BELGILANDI

'​YaNGI NAMUNADAGI HAYDOVChILIK GUVOHNOMASI UChUN TO`LOV STAVKALARI BELGILANDI'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligining avtomototransport vositalari guvohnomalari hamda haydovchilik guvohnomalari uchun to`lovlar stavkalari davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab xalqaro standartlar asosida plastikdan tayyorlangan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnoma berilmoqda.

Mazkur guvohnomalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash xarajatlarini inobatga olib, avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risida guvohnomani berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida (104 842 so`m 50 tiyin), shuningdek haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida (104 842 so`m 50 tiyin) to`lov undirilishi belgilandi.

Yangi namunadagi guvohnomalar maxsus himoya vositalariga hamda ma`lumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgilariga (NFC Smart-kart) ega bo`lib, ularda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxslar uchun esa soliq to`lovchining identifikasiya raqami (STIR) saqlanadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017 yil 1 oktyabr — 2018 yil 31 dekabr davrida ixtiyoriy ravishda, 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida— majburiy tartibda amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017 — 2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazishda amalga oshiriladi.

Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida (www.lex.uz) tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar