2017-yilning 18-oktyabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning samimiy qutlovi va hurmatini Eron Prezidenti va xalqiga etkazdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati.
Muloqot chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning 2017-yil 11-sentyabrida Ostona shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvi va muzokaralari O`zbekiston-Eron munosabatlarini kengaytirishning yo`nalishlarini aniqlash imkonini berdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqa siyosatiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.






