Feysbuk mutaxassislari yuqori tezlikdagi internetga chiqish imkoni bo`lmagan foydalanuvchilar uchunFacebook Lite ilovasini ishlab chiqishdi. Bu dastur yordamida siz do`stlaringiz sahifalari, suratlari va shaxsiy xronikasiniko`rishingiz, do`stlik uchun so`rov yuborishingiz va qabul qilishingiz mumkin. Nomidan ko`rinib turibdiki, ushbu ilova originaldan ko`ra engilroq versiyada ishlangan bo`lib, u mukammal dizayn va interfeysi bilan farq qiladi. Barcha tugmalar, qo`shilmalar, matn shriftlari va ramkalari ancha soddalashtirilgan. Ushbu ilovadan foydalanish uchun yuqori tezlikdagi internetning keragi yo`q. Mazkur dastur tarmoq trafigini tejashda ham katta o`rin tutadi.