AsosiySUG'DIYONA
9600

GEPATIT QANDAY KASALLIK?

' GEPATIT QANDAY KASALLIK?'ning rasmi

Jigar to`qimalarining yallig`lanishi — gepatit deyiladi. Gepatitning turlari ko`p, bugungi kunda gepatit A, V, S, D, E va hokazolari bor. Bolalarda asosan A va E turi uchraydi. Gepatit A ni shifokorlar «kir qo`llar kasalligi», deb nomlashadi. Gepatitning bu turi kir qo`llar, umumiy foydalanilgan idish-tovoqlar va o`yinchoqlar orqali kishidan-kishiga yuqadi. Virus havo (vozdushno-kapelno) orqali yuqmaydi. E turdagi gepatit asosan yozgi mavsumda ochiq suv havzalarida cho`milish natijasida yuqadi. A turi esa kuz-qish mavsumida ko`p uchraydi va asosan bog`cha-maktab yoshidagi bolalar orasida tarqaladi. 1 yoshgacha bo`lgan bolalarda bu kasallik deyarli uchramaydi. Kattalar orasida ham kamdan-kam holatlar kuzatiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar