AsosiySUG'DIYONA

OYoQLAR UChUN PARHEZ

'OYoQLAR UChUN PARHEZ'ning rasmi

Ha, aynan oyoqlarni ozdirish uchun parhezshunoslar tomonidan maxsus parhez ishlab chiqilgan. Parhezni har kunlik 15-20 daqiqalik jismoniy mashqlarbilan birlashtirishgan holda olib borishingiz shart. Jismoniy mashg`ulotlarga esa: yugurish, suzish, sakrash va tez yurish kiradi.

Asosiy qoidalar:

  • 1 oy o`tib, ozg`in va go`zal oyoqlar egasi bo`lishni istasangiz, kunlik rasioningizga ozgina o`zgartirishlar kiriting. Yog`li go`shtlardan, dudlangan va unli mahsulotlardan, shirinlik, sut va yog`li sut mahsulotlaridan voz kechishingizga to`g`ri keladi.
  • Kunlik rasionga, albatta, salat bargi, bulg`or qalampiri, sabzi, o`rik qoqisi, banan, mol jigari kabi vitaminlarga boy mahsulotlarni kiriting.
  • Kun davomida qon aylanishini yaxshilovchi va shishlarning oldini oluvchi zanjabilli va ko`k choy ichishni kanda qilmang. Shuningdek, bir kunda 8 stakan gazlanmagan mineral suv ham iching.
  • Bu parhezdagi kunlik kaloriya 1100-1500 kkkalni tashkil etadi.

1. Nonushta:

  • 100 gr. yog`siz yogurt, bitta ko`k olma, bir bo`lak ozgina sariyog` surtilgan non, ko`k choy;
  • 1 dona qaynatilgan tuxum, 2 bo`lak non pishloq bilan va zanjabilli choy;
  • 2 osh qoshiє yog`siz sut yoki yogurt bilan aralashtirilgan yorma;
  • bitta olma, 100 ml. yogurt va choy.

2. Tushlik:

  • 200 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, limon sharbati qo`shilgan sabzavotli salat;
  • 2 osh qoshiq qaynatilgan loviya va salat bargi;
  • sabzavotli sho`rva, o`simlik yog`ida dimlangan mol jigari;
  • yog`siz kurka go`shti va salat bargidan buterbrod va ko`k olma.

3. Tolmachoy:

  • Bitta banan, 100 ml. yog`siz yogurt yoki kefir;
  • mevali salat;
  • sabzavotli salat;
  • 2 dona pomidor va salat bargi.

4. Kechki ovqat:

  • 150 gr. dimlangan gulkaram, 25 gr. yog`siz pishloq va pomidor;
  • dimlangan baliq, bulg`or qalampirli va ko`kpiyozli salat, 1 dona qaynatilgan kartoshka;
  • dimlangan mol jigari, sabzavotli salat, 2 osh qoshiq kartoshka bo`tqasi.
  • ko`kpiyoz va yashil no`xot qo`shilgan spagetti, limon sharbati qo`shilgan pomidor va bulg`or qalampirli salat.
  • Parhezda tanlash imkoniyati bor, har kuni 4 marta istagan majmuani tanlab parhez qiling. Bu parhezni o`zlarida sinagan ayollar 1 oyda 5-7 kilogramm vazn tashlashgan va oyoqdagi ortiqcha santimetrlardan xalos bo`lishgan. Albatta, jismoniy mashqlar bilan birgalikda. Siz ham buni qilib ko`ring.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar