Bo`lajak onalar ko`pincha kechalari oyoq tomirlarining tortishishidan aziyat chekadilar. Buning sabablari va choralarini quyida sanab o`tamiz.
1. Oyoq tomirlari tortishganda karavotga yoting-da, oyoqlarni asta buking va qo`yib yuboring, toki og`riq ketguncha mashєni asta-sekinlik bilan davom ettiring.
2. Agar shunda ham єolmasa, oyoqlarni uqalang, agar bu sizga noqulaylik tug`dirsa, turmush o`rtog`ingizdan iltimos qiling.
3. Tomir tortishib turgan joyga dorixonalardan topish mumkin bo`lgan xantalni namlab yopishtiring. Xantal oyoq mushaklarini qizdirib, tinchlantiradi.
4. Shuningdek, dorixonalarda sotiluvchi muzlatuvchi gel kremlardan xarid qiling. Ammo avval yo`riqnomasini yaxshilab o`qib chiqing, agar єarshi ko`rsatmalar bo`lmasa, tomir tortishayotgan joyga geldan surting, mushaklar tinchlanadi.
5. Ovqatlanish rasioningizga magniy va kaliyga boy mahsulotlarni: kartoshka, grechixa bo`tqasi, tarvuz, shokolad, banan, o`rik turshagi, mayiz va yong`oqlarni kiriting.
6. Oyoq uchun uxlash oldidan kontrast vannalar qabul qiling. Ammo issiq va sovuq orasidagi farq 5 darajadan oshmasligi lozim. Suvga dengiz tuzlaridan solib yuborsangiz ular mushaklar bo`shashishiga yordam beradi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






