1. Futlyar
Yopishib turuvchi, pastki qismi tizzagacha torayib tushadigan ko`ylak turi har bir ayol garderobining ajralmas qismidir. Bunday hildagi ko`ylaklar ikki yonidan chok tushmaganligi, yoqalari yo`qligi bilan ajralib turadi. Bo`yni esa odatda dumaloq qilib o`yilgan bo`ladi. Klassik uslubdagi futlyar ko`ylaklarining engi bo`lmaydi. Bunday ko`ylaklar har bir ayolni ozg`in va bo`ylarini uzun ko`rsatadi.
2. Tugmali
Erkaklarnikiga o`xshash, ammo uzun yoki kamarli bunday ko`ylaklar hozirda ayollar orasida juda urf bo`lgan. Ular to`g`ri bichimda yoki ozroq yopishib turishi mumkin. Asosiysi, juda qulay.
3. Zapaxli
Bunday 40 yil oldin Diana fon Fyurstenberg tomonidan o`ylab topilgan ushbu bichimdagi liboslar har bir ayolni go`zal sanamga aylantiradi. Zapaxli ko`ylaklarni kundalik turmushda ham, to`y-xashamlarga ham birdek kiyish mumkin.
4. Amerikacha o`ymali
Xipcha belli nozik ayollarga juda yarashuvchi bu libos turi bo`yingacha yopiqligi, ammo elkalari ochiqligi bilan ajralib turadi. Ularni balerolar bilan uyg`unlashtirib kiysangiz maqsadga muvofiq bo`ladi.
5. Etno uslubda
Etno uslubdagi ko`ylaklar tabiiy matolardan tikiladi va odatda trapesiya ko`rinishida bichiladi.
6. Kokteyl
Bu liboslar odatda turli kechalarga, restorandagi uchrashuvlarga kiyiladi. Uzunligi tizzagacha bo`lgan kokteyl ko`ylaklar atlas, shoyi, shifon, barxat matolaridan tikiladi.
7. Sarafan
Elka bog`li bunday bejirim ko`ylak yoz oylarida tanangizga huzur bag`ishlaydi. Ular to`g`ri va keng bichimli bo`ladi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






