AsosiyHi-tech

QAND MIQDORINI NAZORAT QILADIGAN PLASTIR

'QAND MIQDORINI  NAZORAT QILADIGAN  PLASTIR'ning rasmi

Siz suratda ko`rib turgan bu plastir grafindan yasalgan bo`lib, bir qarashda tatuirovka yoki zamonaviy taqinchoqqa ham o`xshab ketadi. Aslida bu medikament qondagi qand miqdorini saqlab turish va diabetik dorilarni badanga kiritish uchun o`ylab topilgan.

Bu vosita Seul davlat universiteti dosenti Te Xyon Kim va uning jamoasi tomonidan yaratilgan. Uning sensorlari tana harorati va terningkimyoviy tarkibi haqidagi ma`lumotlarni to`playdi va smartfonda o`rnatilgan maxsus ilovaga yuboradi. Tizim teringiz tarkibi asosida biror davolash chorasini maqbul deb topsa, maxsus ilova plastirga tegishli davo choralari xususida ma`lumot jo`natadi. Dori tanaga plastirda o`rnatilgan ko`plab mikroskopik ignalar yordamida kiritiladi.

Bu medikament ustidagi ishlar hali davom etmoqda. Ma`lum bir kamchiliklar o`z echimini topsa, kelgusida bu plastir yordamida ko`plab insonlarning hayotini saqlab qolish mumkin.

    Boshqa yangiliklar