AsosiyHi-tech

MUSIQA ChALADIGAN QO`LQOPLAR

'MUSIQA ChALADIGAN QO`LQOPLAR 'ning rasmi

Bugungi musiqachilar nimalarni chalmaydi, deysiz? Hozir zamonaviy musiqa asboblari ham ko`payib ketgan. Yaqinda ular safiga maxsus qo`lqoplar ham qo`shilishi mumkin. T8 qo`lqoplari yordamida siz istalgan yuza sirtida musiqa chala olasiz. T8 qo`lqoplari musiqachi uchun asar yaratishda ham katta yordam beradi. Ularni omma qarshisida ijro etishda ham bir muncha qulayliklar yaratadi.

Bu o`ziga xos gadjet Amerikaning“Remidi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Qo`lqoplar maxsus dasturlar yordamida istalgan musiqa asbobiga moslashadi va uning yordamida go`zal ohanglar yaratadi. Har bir qo`lqopning sakkiztadan sensori bo`lib, ular barmoqlarning harakatini nazorati qilish barobarida, uning tezligini ham boshqaradi. Hozircha bu yangilikning bahosi 199-229 dollar atrofida bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar