Noyabr oyida Jan-Klod Van Damm “Volvo” kompaniyasining reklama roligida suratga tushgan edi. O`shanda aktyor yuk mashinalarining "Dynamic Drive Steering” boshqaruv tizimi ishonchliligini namoyish etish maqsadida harakatlanayotgan ikki yuk mashinasi orasida shpagat harakatini bajargan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Volvo bu reklama uchun 4,7 million dollar sarflagan va undan 4 millioni Van Dammning gonorari bo`lgan. Kompaniya esa bundan hozirga kelib 170 million dollar foyda ko`rgan.
Shuningdek, videodagi harakat montajmi yoki haqiqatligiga oydinlik kiritib o`tildi. Volvo kompaniyasi vakilining so`zlariga ko`ra, videoda hech qanday montaj ishlatilmagan.