Yo`lakka g`isht terish ko`p vaqtni olishi mumkin. Bir xodim bir kunda nari borsa, 100 kvadrat metr maydon yo`lakka g`isht teradi. “Tiger Stone” yo`l printerlari bu jarayonni nisbatan tezlashtiradi. Uning yordamida 300 kvadrat metrgacha tosh yo`lakni “nashr qilish” mumkin. “RoadPrinter RPS” deb nomlangan boshqa yo`l printeri esa 500 kv. metrgacha yo`llarni “nashr qiladi”. U g`isht va chag`irtoshlarni ma`lum naqsh ko`rinishida sifatli ko`rinishda terib chiqadi. Ular elektr toki yordamida ishlaydi va ortiqcha shovqin chiqarmaydi. Bu yo`laklar hatto asfaltdan ham qulayroq. Ular suvni filtrlaydi, muzlagan payti kengayadi va uzoq muddat xizmat qiladi.