1

Bugun Xitoy taqvimi bo`yicha Moviy Ot yili kirib keldi (burjlar tavsifi)

Dunyo 31.01.2014, 13:24
Bugun Xitoy taqvimi bo`yicha Moviy Ot yili kirib keldi (burjlar tavsifi)
2014 yilning 31 yanvarga o`tar kechasi Xitoy taqvimi bo`yicha soat 01:38da Yangi yil kirib keldi. Ushbu bayram Xitoy taqvimida eng qadimiy va tantanali bayram hisoblanadi. 

Bu safar xitoyliklar taqvimi bo`yicha Moviy Ot yili kirib keldi. Mazkur bayram munosabati bilan tantanalar ikki hafta davom etadi. Xitoy taqvimi bo`yicha Yangi yil har yili ilk yangi oy chiqqanida kirib keladi.

Ushbu yil 2015 yilning 19 fevral kuni tugab, Qo`y yili kirib keladi. Xitoy an`anasiga ko`ra, har yili Yangi yil 12 ta hayvondan va besh unsurdan biriga tegishli. Bu yil bu Moviy Ot va daraxt unsuri yili bo`ldi. Ushbu yangi yilning ranglari bu yashil va feruzadir.

Afsonalarga ko`ra har yilning boshlanishida xitoyliklar Nyan deb ataladigan afsonaviy maxluq  bilan kurashishgan. Nyan Yangi yilning birinchi kunida paydo bo`lib qishloq xo`jalik mahsulotlarini va jonivorlarni yamlamay yutar, hatto yo`lida uchragan odamlarni ham ayab o`tirmas ekan. O`zlarini himoya qilish uchun odamlar yangi yil kiradigan kuni ostonaga oziq-ovqat qo`yib ketishar ekan. Qorni to`ygan maxluq odamlarni tinch qo`yishiga ishonishgan. Bir kuni xitoyliklar maxluq qizil ko`ylak kiygan boladan qo`rqib ketganini sezib qolishadi. 

Shundan buyon xitoyliklar Yangi yil kuni qizil chiroqlar yoqib, eshik-derazalarga qizil parda osadigan bo`lishgan. Keyinchalik Nyanni ruhoniylardan biri tutib olib, o`ziga bo`ysundirgan ekan. 

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy Osiyo jumladan bizning vatanimizda ham yangi muchal yili 21 martdan boshlanadi.
 
  
SIChQON (KALAMUSh)   

1912, 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 yillar.

Ushbu muchalda tug`ilganlar tashqi qiyofasi yoqimli, jozibador, mehantsevardirlar.bir qarashda xotirdam va bosiq ko`rinsalar-da, aslida biroz asabiy, injiq bo`lishlari ham mumkin. Tejamkor va boylik ihlosmandi bo`lish bilan birga o`zgalarning taqdiri bilan juda qiziqishadi.
 
SIGIR (HO`KIZ)

1913 1925 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009 yillar.

Bu muchal ostida tug`ilgan insonlar sabr-toqatli, kamgap, mehribon, aql-zakovatli bo`lishadi. Tashqi jihatdan sodda ko`rinsalar-da, o`ta zehnli va sezgir. Oilada yaxshi ota va ona bo`lgan muchal vakillari o`z farzandlariga mehr va e`tibor ko`rsatishda boshqalardan ajralib turishadi.
 
YO`LBARS

1914 1926 1938 1950 1962 1974 1986 1998 2010 yillar.

Bu muchal egalari hissiyotga beriluvchan, jahli tez, tartib-intizomga rioya qilishni unchalik xush ko`rmaydigan insonlardir. Odatda rahbarlar bilan tez-tez janjallashib, o`z fikrlarini o`tkazishga urinishadi. Odamlarni boshqarishni bilgani uchun ham ko`plab rahbarlar ularning injiq fe`liga sabr qilishadi.
 
QUYoN

1915 1927 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011 yillar.

Tabiatan yuksak did sohibi bo`lgan bu insonlar o`ta mehribon va mehnatkashdirlar. Quyon muchali sohiblarini jahlini chiqarish unchalik ham oson ish emas, ammo bir jahli chiqsa otasini ham ayashmaydi.
 
BALIQ (AJDAHO)

1916, 1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012 yillar.

Ushbu yilda tug`ilganlar,juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo`lishadi. Pastkashlik, tilyog`lamalik va g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ydirlar. Barkamollikka intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham, talabchan qilib qo`yadi. Ular ko`p narsani talab kilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`prok ishni o`zlari amalga oshirishadi.

ILON


1917, 1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013 yillar.

Donolik va ziyraklik bobida bu muchal vakillariga teng keladigani yo`q. Boshlagan ishlarini oxiriga etkazishadi va qat`iyatsiz kishilarni xushlashmaydi. Kerak bo`lsa o`zlariga jabr qilib bo`lsa-da, boshqalarning foydasiga ish qilishlari mumkin.
 
OT

1918, 1930, 1942, 1954, 1966, 1978, 1990, 2001, 2014 yillar.

Bu muchal sohiblari qo`llariga tushgan pulni tejab-tergab ishlatishadi. Yaxshi yashashni xush ko`rishadi. Agar yuraklari muhabbat bilan to`lsa, hech kim uddalay olmaydigan ishlarni ham uddalashga qodirdirlar. Oilada yaxshi ota-ona, yaxshi farzand bo`lishadi.
 
QO`Y

1919, 1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015 yillar.

Nafis did va san`at sohiblari sanaluvchi bu muchal sohiblari juda aqlli va zakovatli kishilar hisoblanishadi. Hayot kechirishlari ko`pincha omadlariga bog`liq bo`ladi. Javobgarlik hissi ularga begona, tashabbus ko`rsatishni yomon ko`rishadi. Ularda did va istedod bor. Ammo rahbarlikni eplay olishmaydi. Bir paytning o`zida texnik va artistlik mahorati qo`shib olib boriladigan ishlarni qoyillatishadi.

MAYMUN 


1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016 yillar.

Epchil, aqlli, ko`ngliga kelgan ishni qiluvchi, makkor, ishbilarmon, hushyor kabi ta`riflar bu muchal sohiblariga tegishli. Ko`ngillariga kelgan biror fikrni qanday qilib bo`lmasin amalga oshirishadi. Arzimas narsani deb ishdan, oiladan, sevgan kishilaridan ko`ngli sovishi mumkin. Ammo ularda diplomatlik xususiyati ham anchagina rivojlangan.  
 
TOVUQ (XO`ROZ)

1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017 yillar.

Dovyurak, jur`atli va qat`iyatli muchal sohiblari serfarzand kishilar bo`lishadi. Didli bo`lagnliklari uchun o`z turmush o`rtoqlarini bir qancha sinovlar asosida tanlashadi. Muhabbat bobida ularga teng keladigani yo`q.
 
IT

1992, 1934, 1946, 1958, 1970, 1982, 1994, 2006, 2018 yillar.

Sodiq va vafodor insonlarning aksariyati shu muchalda tug`ilgan bo`lishsa ajb emas. Boshqalar uchun qo`llaridan kelgan ezgu ishni qilishadi. Atrofdagi kishilar ularni munosib ravishda hurmat qilishadi. Ular fakirlikda yoki farovon hayot kechirishlaridan qati nazar, aqlga qarab ish tutadilar. Moddiy jihatdan to`kin yashamasalar ham qanoatlidirlar.

TO`NG`IZ

1923, 1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019 yillar.

Bu muchalda tug`ilganlarga mardonovorlik, odob-nazokat, xizmatga shaylik, nozik tabiatlilik xosdir. Ularga hech ikkilanmay ishonish mumkin, ular vijdonli va mard kishilardir. Muchal sohiblari hamma bilan ham til topishishi qiyin. Lekin do`stlarini hurmat kilishadi. To`ng`iz yilida tug`ilganlar kundalik xarajatlari uchun kerakli mablag`ni topa olishadi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1