Moylardan nafaqat taom tayyorlashda, balki yanada go`zalroq ko`rinish maqsadida ham foydalanamiz. Ular oziqlantiruvchi va yoshartiruvchi xususiyatga ega bo`lib, teri, soch, tirnoqlar parvarishidamuhim o`rin tutadi.
Yuz uchun
Odatda bu yog`lar kechqurun yuz va badan terisiga yoshartiruvchi vosita sifatida surtiladi. Havo sovuq paytda esa oddiy kunduzgi krem o`rnida ham foydalanish mumkin. Moyni avvaldan tozalangan teriga surtib, bir necha soatga qoldiriladi. Ular teriga shu qadar tez singiydiki, bir necha daqiqa ichida terining ichki qatlamiga etib boradi. Tabiiy moylar juda kamdan-kam holatda allergik reaksiyaga sabab bo`ladi. Shuning uchun eng ta`sirchan teri egalari ham ulardan foydalanishlari mumkin. Ulardan foydalanganda terining juda yog`lanib ketishidan ehtiyot bo`ling.
Sochlar uchun
Kosmetik yog`lardan tayyorlangan niqoblardan haftasiga ikki martadan ortiq foydalanmang!
Qo`l va tirnoqlr parvarishi
Tirnoqlar chetidagi terini yumshatishda va ular yupqalashib, ko`chishini davolashda ham kosmetika yog`lardan samarali foydalanish mumkin. Bundan tashqari, qo`lga surtilgan moy dag`allashgan terini tez fursat ichida yumshatadi.
Niqoblar
Kosmetik yog`lardan har kuni foydalansangiz ham, vaqti-vaqti bilan ulardan niqoblar tayyorlab turing. Shunda kutgan natijaga yanada tezroq erishasiz. Niqoblardan haftasiga ikki marotabadan, 2 yoki 3 hafta mobaynida foydalanish va ularni yuzda 20 daqiqa ushlash tavsiya etiladi.
Bodom yog`idan
Quruq teri sohibalariga
1 osh qoshiq suli yormasi+iliq suv+2 choy qoshiq bodom yog`i+1 choy qoshiq limon sharbati.
Yog`li teri sohibalariga
1 osh qoshiqdan un+sovuq suv+2 choy qoshiq bodom yog`i+1 choy qoshiq limon sharbati.
Shaftoli yog`idan
Quruq teri sohibalariga
2 osh qoshiq ezilgan shaftoli mevasi+1 osh qoshiqdan shaftoli yog`i+qaymoq.
Yog`li teri sohibalariga
2 osh qoshiq ezilgan shaftoli mevasi+1 osh qoshiq shaftoli moyi+1 choy qoshiq limon sharbati.
O`rik yog`idan
Quruq teri sohibalariga
1 osh qoshiq suli yormasi+1 osh qoshiqdan o`rik yog`i+sut+1 choy qoshiq ilitilgan asal.
Yog`li teri sohibalariga
1 osh qoshiqdan guruch uni+o`rik yog`i+1 choy qoshiqdan limon sharbati+ilitilgan asal.
Kunjut yog`idan
Quruq teri sohibalariga
2 osh qoshiq kunjut yog`i+1 osh qoshiq smetana.
Yog`li teri sohibalariga
3 osh qoshiqdan kunjut yog`i+ezilgan bodring.
Uzum danagi moyidan
Quruq teri sohibalariga
1 osh qoshiq yuz uchun mo`ljallangan gel+1 choy qoshiq uzum danagi moyi. Bu aralashma bilan yuzni bir daqiqadavomida uqalab, keyin iliq suvda yuving.
Yog`li teri sohibalariga
Bitta aplesin sharbati+1 dona tuxum sarig`i+1 osh qoshiq uzum danagi.
Qaysi yog`ni tanlaysiz?
Yanada go`zallashtirishda qaysi moyni tanlashni bilmayapsizmi? Berilgan ta`riflardan o`zingizga mosini toping va keraklisini tanlang:
Quruq teri uchun: bodom, shaftoli va o`rik yog`i.
Ajinlarni ketkazish va terini taranglashtirish uchun: bodom, kunjut moyi.
Yog`li teri uchun: uzum danagi va kunjut moyi.
Sellyulitga qarshi: o`rik yog`i.
Ko`z atrofidagi ajinlardan xalos bo`lishda: bodom, shaftoli, o`rik moyi.
Sochlarni o`stirish uchun: chakamug` (repeynoe) va kanakunjut (kastorovoe) yog`i
Tanani uqalash hamda tirnoqlarni oziqlantirishda: shaftoli moyi.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi