31.01.2014 16:20
Tojikistonlik ayol o`ziga qo`shib uch qizini yoqib yubordi
Ayolning juda ko`p qarzlari, eri va qarindoshlari bilan muammolari bo`lgan. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar bermoqda.
Maydamox Umarova voqea joyida halok bo`lgan. U Tojikiston texnika universitetida ishlagan.
Qolgan uch qizi omon qolib, shifoxonaga etkazilgan. Ayolning 9 yoshli to`ng`ich qizining tanasi 50 foizga, 5 yoshli qizaloqning 35% va eng kichik 9 oylik qizaloqning tanasi 25% kuyib ketgan.