AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi

Bunda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

'Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

Farmonga ko‘ra, ular O‘zbekiston prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakadda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlangan.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Botir Hamzayevich Kalanov – O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi.

“Mardlik” ordeni bilan

Marat Erkinovich Yunusov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.

“Do‘stlik” ordeni bilan

Gulchehra Narzullayevna Razzokova – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori.

“Jasorat” medali bilan

Jamshid Bahodirovich Zaripov – Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i;

Murodbek Madiyorovich Mahmudov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Bahriddin Tojiyevich Ahmadov – Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori o‘rinbosari;

O‘rol Toshbulovich Rahimov – Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi;

Bahodir Xoliyarovich Yunusov – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori.

“Shuhrat” medali bilan

Nigina Tohirjonovna G‘oyibboeva – Namangan viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i;

Dilmurod Qobulovich Qobulov – Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari.

    Boshqa yangiliklar