7 yanvar kuni yengil vazn toifasida UFC chempioni, gruzin millatiga mansub ispaniyalik jangchi Ilia Topuria rafiqasi Jorjina Badell bilan ajrashish masalasi bo‘yicha Ispaniyada o‘tkazilgan sud majlisida qatnashdi.
Sud jarayoni Jorjina Badellning qizi bilan Mayamiga safar qilish haqidagi iltimosiga bag‘ishlandi. Topuria sudda rafiqasi va qizining AQShga borishiga qarshi ekanini bildirgan. Jangchi o‘z chiqishida oilasi uning hayotidagi eng muhim ustuvorlik ekanini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Ilia Topuria 2020 yildan buyon UFCda faoliyat yuritib keladi. U 2024 yilda yarim yengil vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib, ushbu unvonni bir marta himoya qilgan. 2025 yilda esa yengil vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan.






