31.01.2014 22:00
Toshkentdagi garajlar buzilmaydigan bo`ldi
Hokimning mazkur qarori 2013 yilning 8 aprel sanasida qabul qilingan edi. Unga ko`ra, 2014 yilning so`nggigacha Toshkentda barcha shaxsiy garajlar buzilib, ularning o`rniga zamonaviy to`xtash joylarini qurish rejalashtirilgan edi.
Hujjatda ta`kidlanishicha, bekor qilish bo`yicha qaror Toshkent shahar prokuraturasining 2013 yil 31 dekabrdagi 10/15-13-sonli e`tiroziga muvofiq amalga oshirilgan.





