Bugungi kunda ko`pchilikning xorijiy davlatlarda yashaydigan qarindosh yoki do`stlari bor. Ular bilan minglab kilometr masofadagi aloqani qanday ushlab turish mumkin? Biz chet davlatlarda yashaydigan do`stlarimiz va qarindoshlarimiz bilan muloqot uchun eng maqbul tariflar haqida ma`lumot olish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan aloqa operatorlariga murojaat qildik. Chunki xalqaro so`zlashuv va SMSlardan qanday pul tejab, foydalanishni hamma ham bilavermaydi...
Mazkur mobil aloqa operatori o`zbekistonliklarga chet eldagi do`stlari va yaqinlari bilan so`zlashish uchun Family xizmatini taklif qilmoqda. Bu xizmat turi Rossiya, Belarus, Armaniston, Turkmaniston va Ukrainadagi MTS aloqa operatori abonentlariga arzon narxlarda bog`lanish imkonini beradi. Mazkur xizmat turini faollashtirgan abonentlarga chet davlatlariga chiqish qo`ng`iroqlarining bir daqiqasi $0,25 sentga tushadi. Shu bilan birga, mazkur xizmatdan foydalanadigan abonentlarga kirish qo`ng`iroqlari bepul.
• Mazkur xizmatni *111*0031# USSD-komanda va 616003 raqamiga 1 raqamini SMS tarzida jo`natish orqali ham faollashtirish mumkin.
• Xizmatni faollashtirish bepul, kunlik abonent to`lovi esa 0,1 sentni tashkil etadi.
• Xizmat holatini *111*003# USSD-so`rovi yoki 616003 raqamiga xabar jo`natish orqali tekshirish mumkin.