AsosiySUG'DIYONA

​KO`Z UChUN FOYDALI 6 MAXSULOT

'​KO`Z UChUN FOYDALI 6 MAXSULOT'ning rasmi

Qirg`iy ko`zlar uchun - baliq

Dengizning ushbu tuhfasi tarkibidagi Omega-3 yog`i ko`z nurini ravshanlashtirish xususiyatiga ega. haftasiga 300 grammdan iste`mol qiling.

Toliqqan ko`zlarga – chernika

Ushbu o`rmon mevasi tarkibidagi antosidlar tufayli ko`zda qon aylanishi yaxshilanadi. Bundan tashqari, chernika tarkibidagi A va S darmondorilari erkin radikallarga qarshi kurashadi va uzoq muddat yosh ko`rinishga sabab bo`ladi.

Kundalik miqdori: 1-2 osh qoshiq chernikali murabbo yoki kiseldan tanovul qilish kifoya.

Gavharni himoyalashga – apelsin

Apelsin tarkibidagi bioflavonid moddasi ko`z gavharining qarishiga yo`l qo`ymaydi. Bundan tashqari, A, S va V darmondorilari, kalsiy, temir, kaliy, fosfor moddalari immunitetni oshiradi.

Kuniga bir donadan tanovul qilish kifoya.

Ko`z nuri xiralashishidan – sabzi

Qorong`u tushganida ko`zning biroz xiralashishi yoki yorqin ranglar uni qamashtirishi A vitamini tanqisligi tufayli bo`lishi mumkin. Bu muammolardan oson xalos bo`lish uchun haftasiga 2-3 marta sabzini qirg`ichdan o`tkazib, bir qoshiq smetana yoki o`simlik yog`i bilan aralashtirilgan salatdan tanovul qiling.

To`r parda uchun — pista

Pista tarkibida magniy, fosfor, kaliy va foydali yog`laridan tashqari lyutein va zeaksantin moddalari mavjud bo`lib, ular to`qimalardagi moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Kundalik 28 gramm pista (bir hovuch) organizmni foydali antioksidantlar bilan ta`minlaydi.

Ko`z qizarishidan karam

Karam mayda tomirlarini mo`rtlashishining oldini olib, ko`z qizarishi, shish kabi noxush xolatlarni bartaraf etadi. Bundan tashqari ko`z hujayralarining tiklanishida ham karamning o`rni beqiyos. haftasiga uch marta 150 gramm karamni sho`rva, salat shaklida yoki shunchaki o`zini iste`mol qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar