AsosiySUG'DIYONA
13571

DOLChIN — QANDLI DIABETGA QARShI…

'DOLChIN — QANDLI DIABETGA QARShI…'ning rasmi

Yosh o`tgani sari inson o`z vazni va qondagi qand miqdorini nazorat qilmasa, qandli diabetning II turi yuzaga kelish xavfi ortib boradi.

Bug`doy mahsulotlari: qora non, suli yormasi va kepakli undan qilingan xamir mahsulotlari sekin hazm bo`luvchilar sirasiga kiradi. Ular iste`mol qilingach, qondagi qand miqdori unchalik ko`p ko`tarilmaydi. Qondagi qand miqdori o`rtacha bo`lishi uchun kuniga 200 gr. suli yormasi (ovsyanka) yoki 100 gr. dukkakli mahsulotlar iste`mol qilish zarur. Nonushtaga suli yormasi tanovul qiling, oq non o`rniga esa kepakli undan tayyorlangan non eng. Makaron mahsulotlari xarid qilganda uning tarkibida kepakli un borligiga ahamiyat bering.

Dolchin (korisa): tadqiqotlarning ko`rsatishicha, dolchin qondagi qand va yog` miqdorini tushiradi. Sog`lom bo`lish uchun esa kuniga yarim choy qoshiq dolchin tanovul qilish maqsadga muvofiq. Dolchinni suli yormasi bilan birga yoki mevalar bilan birga, shuningdek, qahva yoki kakaoga qo`shib iste`mol qilish mumkin.

Sirka va limon sharbati: taomlaringizga limon sharbati qo`shishni odat qiling. Salatlarga esa sirka, limon sharbati, zaytun yog`i aralashmasi qo`shing. Bunday salat qondagi qand miqdorini pasaytiradi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar