1. Tabassum kuchi. O`zingiz uchun ardoqli bo`lgan insondan tabassumingizni qizg`anmang! Yuzingizdagi samimiy tabassum sizni doim yoqimli inson sifatida namoyon qiladi. Tabassum orqali har qanday «tosh yurak» insonni osongina eritish mumkin.
2. Go`zalligingizga ishoning. Har qanday nuqsonli qomatni ham to`g`ri tanlangan libos bilan ideal qilib ko`rsatish mumkin. Gavdangizni tik tuting, boshingizni ko`taring, elkangizni bukchaytirmang. Tashqi ko`rinishingiz borasida o`zingizda ishonch bo`lmasa, atrofdagilarning e`tibori haqida orzu ham qila ko`rmang!
3. O`ylab gapiring. Har qanday odam bilim va donolikni qadrlaydi. Biroq o`zingiz bexabar bo`lgan sohadan so`z ochib, natijada qosh qo`yaman, deb ko`z chiqarmang! Og`zingizdan chiqayotgan har bir so`zni o`ynab gapirsangiz, ham o`ylab so`zlang. Birgina so`z bilan kishi ko`nglini qoldirishingiz, hafsalasini pir qilishingiz mumkin.
4. Dilkash suhbatdosh bo`ling. Diplomat bo`lsangiz, noqulay vaziyatlarni ham ustalik bilan engib o`tasiz.
5. Hech kimga taqlid qilmang. Siz boshqalarga o`xshamaganligingiz uchun ham e`tiborda ekaningizni unutmang! Axir soya bo`lib qolish kimga ham yoqardi?
6. Jiddiylikni qo`ldan boy bermang! Har ikki gapning birida kulavermang! Bu harakatingiz bilan atrofdagilarda salbiy taassurot qoldirishingiz mumkin.
7. Dadil bo`ling! Mayda gap, ezma odamni hushlashlari anchayin qiyin masala.
8. Maqtanchoq bo`lmang. Kamtarlikka nima etsin? Nimaga qodirligingizni so`zda emas, amalda isbotlang!
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.