1

​BIR QATOR SAN`ATKORLAR OQQO`RG`ONDAGI PAXTA DALALARIDA BO`LIShDI

Madaniyat 23.10.2017, 16:51
​BIR QATOR SAN`ATKORLAR OQQO`RG`ONDAGI PAXTA DALALARIDA BO`LIShDI

Bugungi kunda paxta dalalarida mamlakatimiz istiqboli va iqtisodiyoti rivojlanishi uchun samarali mehnat qilayotgan paxtakorlarimizning madaniy hordiq chiqarishlari uchun Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan ijodkor, ziyolilardan iborat targ`ibotchilar bilan ma`naviy, ma`rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazidan Shaxnoza Tojiddinovaning xabar berishicha, Markaz targ`ibotchilari bugun Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani paxta dalalarida bo`lishdi.

Targ`ibotchilar guruhidan el suygan san`atkorlar O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan aktyor Mehriddin Raxmatov, xonanda Rustam Muhammadiev, Nihol mukofoti sovrindori Mashhurbek Raimjonov, shoirlar Adhamqul Karimov, Botir Ergashev, teatr aktyori Muzaffar Hamidovlar joy olishdi..

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1