AsosiySUG'DIYONA

ANUShKA ShARMA: «AKTRISA BO`LIShNI ORZU QILMAGANMAN...»

'ANUShKA ShARMA: «AKTRISA BO`LIShNI ORZU QILMAGANMAN...»'ning rasmi

«Aktrisalik men orzu qilgan kasb emas. Podiumga chiqish, model bo`lishni istardim aslida», deydi u. Kichik Anushka televizor qarshisida o`tirganida turli reklama va kliplarda suratga tushgan modellardan ko`zini uzmasdi. U albatta bir kun kelib, mana shunday model bo`lishga qaror qilgandi...

Ma`lumot

Hindistonning Bangalore shahrida 1988 yilda 1 mayida dunyoga kelgan aktrisa harbiylar maktabini tugallagan. U hamon ota-onasining erka qizi, shu sabablimi, haligacha ovqat pishirishni bilmaydi.

Podiumga qadam

15 yoshli o`smir Anushka taniqli stilist Prasad Bidapa bilan tanishadi. Stilist har bir ishda Anushkaga yordam bera boshlaydi. U bir yil davomida Hindiston moda olamini hayratda qoldirib, chet elda taniqli bo`lgan dizayner Wendell Rodricks Bahor-Yoz kollesiyasining yuziga aylanadi.

Ilk roli

Ilk rolini rejissyor Aditya Chopra «Tangri yaratgan juftlik» filmida ijro etgan. «Bu rolda suratga tushishni istovchilarning soni 100 dan ortiq edi. Kasting vaqtida avvaliga hayajondan biror narsa deya olmay qoldim. Biroz muddatdan so`nggina gapira boshlaganimda esa bu filmni menga taqdirning tuhfasi ekanligini his qildim», deydi aktrisa. Haqiqatan ham film tomoshabinlar e`tiborini qozonib, ko`plab maqtovlarga sazovor bo`ladi. Anushkaning ilk roli unga mashhukrlik keltiradi. Bunday baxt hamma aktrisaga ham nasib qilavermagan. «Bu filmda suratga tushishim uchun motosikl haydashim kerak edi. Umrimda motosikl haydamaganman. Ammo buni bir kunda o`rganishni uddaladim. Faqat filmda motosiklni juda ham sekin haydadim. Chunki orqamda o`tirgan Shohrux Xonday aktyorning hayotiga zomin bo`lishni istamasdim», deydi kulib aktrisa. Aktrisa uchta filmda suratga tushgach, Hindistonning taniqli aktrisalari ro`yxatidan joy oladi. Anushkani so`zsiz omadli, deyish mumkin. Boshqalar tanilish uchun yillab mehnat qilishsa, u muvafaqqiyat cho`qqisini osonlikcha zabt qiladi. «Bu cho`qqiga erishish mendan mashaqqat va mehnatni talab qilgan, albatta», deydi aktrisa.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar