AsosiySUG'DIYONA

MARIO KASAS: «MEN UChUN HAYoTDA ENG AZIZ NARSA OILAM»

'MARIO KASAS: «MEN UChUN HAYoTDA ENG AZIZ NARSA OILAM» 'ning rasmi

Ispaniyalik kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Osmondan uch metr yuqorida» («Tri metra nad urovnem neba») nomli filmda bosh qahramon rolini ijro etgan Mario Kasas ko`pchilik kinomuxlislar qalbini zabt etgan. Yosh va kino sohasida ko`p rol o`ynamagan bu aktyor birgina roli bilan dunyoga tanildi. Ushbu sahifada esa 25 yoshli aktyor Mario Kasas haqida siz bilgan va bilmagan ma`lumotlarni keltirishga qaror qildik...

Mario Kasas Serra — 1986 yil 12 iyun Ispaniyada tug`ilgan. Ispaniyalik yosh televidinie va kino aktyori. Uni «Yoz yomg`iri» («Letniy dojd»), «Osmondan uch metr yuqorida» («Tri metra nad urovnem neba»), «Pakoning odamlari» («Lyudi Pako») va «Kema» («Korabl») kabi kinolar mashhur qilgan.

Galisiya shahrida ulg`aygan aktyor bolaligidan melesioner va o`t o`chiruvchi bo`lishni orzu qilgan. Ammo yoshi ulg`aygan sayin unga ko`proq turli xarakterdagi qahramonlarga «hayot bag`ishlash» yoqayotganini his qiladi. Marioning aktyorlikka qobiliyati borligini sezgan onasi uni o`n yoshida reklama roligida suratga tushishi uchun televediniyaga olib boradi. Shunday qilib, egizaklar burji ostida tug`ilgan Kasas ilk bor oynayijahon orqali 3-4 daqiqali reklama roligida ko`rina boshlagan. O`z oldiga aktyor bo`lishni aniq maqsad qilgach, Kristin Rota nomidagi aktyorlik maktabida ta`lim ola boshlagan.

U 2005 yil «Oderjimost» nomli serialidagi epizod roli bilan aktyorlik faoliyatini boshlagan. 2006 yil esa kinoga rejissyor Antonio Banderasning «Yoz yomg`iri» bilan kirib kelgan. Aktyorni dunyoga tanitgan filmlardan biri esa bu — 2010 yilda suratga olingan «Osmondan uch metr yuqorida» kinosidir. Aktyor ushbu filmda Ache taxallusli yigit rolini ijro etgan. 2012 yil esa «Osmondan uch metr yuqorida» filmining davomi— «Osmondan uch metr yuqorida. Men seni istayyapman» («Tri metra nad urovnem neba. Ya tebya xochu») kinosi pre`mera qilindi. Rejissyori Fernando Gonsalesa Molinaning ikki qismda iborat bu filmi birdek mashhurlik qozonib, bugun butun dunyoda namoyish etilayapti. 2013 yilda esa Mario Kasas ishtirokidagi «Ismael» filmi jahon katta ekranlarida namoyish qilinishini kutilmoqda.

Ayni kunlarda bolalikdagi orzu va maqsadiga erishgan mashhur aktyor Madrida yashayapti.

Oilasi haqida

Aktyor oilada katta farzand (Mario dunyoga kelganida ota-onasi 17 yosh bo`lgan). Singlisi Sheyla va ukalari Oskar, Kristianning mehribon akasi. Aktyor uchun hayotda eng aziz narsa bu uning oilasidir.

Muhabbat borasidagi mish-mishlar...

Internet olamidagi turli mish-mishlarga qaraganda, aktyor «Osmondan uch metr yuqorida» filmida sevgilisi rolini ijro etgan Mario Velverde bilan sevisharmish. Bu haqda rasman hech qaerda e`lon qilishmagan bo`lishsa-da, turli tadbir va kundalik hayotda ularni tez-tez birga uchratishayapti.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar