Rossiyalik bu ixtirochi imkoniyati cheklangan insonlar uchun bir nechta foydali gadjetlar yaratdi. U o`zining birinchi kashfiyotini yaratganida 9 yoshda edi. Bu ko`rmaydigan va kar-soqovlarga mo`ljallangan elektron termometr. Undagi vibrasiya yordamida imkoniyati cheklangan insonlar raqamlarni his etishi mumkin. Kurbasskiyning eng mashhur ixtirosi esa ko`zi ojizlar uchun ko`zoynak.






